Louis Vuitton koronavirusga qarshi kurash uchun maxsus qalqon yaratdi

Olam

image

Louis Vuitton vakillari virusni o‘z uslubida himoya qilishni istadi. Modalar uyi o‘zining LV markasi muhrlangan plastik yuz qalqonini ishlab chiqarmoqda. Bu haqda "New York Post" xabar bermoqda. 

Koronavirusga qarshi kurash maqsadida yaratilgan yuz qalqoni qattiq plastik bilan qoplangan bo‘lib, u elastik bosh aksessuari bilan bezatilgan. Qalqon, shuningdek, qorong‘uni yoritishni ta’minlaydi. Uning narxi 961 dollar.

Mart oyidan boshlab dunyoning mashhur brendlari o‘z mahsulotlarini pandemiya sharoitiga moslashtirib ishlab chiqara boshladi. Misol uchun, Italiyaning Fendi markasi Bella Hadid singari yulduzlar kiyadigan yuz niqobini sotmoqda, Gucci ham niqob savdosi bilan shug‘ullana boshlagan. Burberry esa avgust oyida koronavirusga qarshi kurash uchun 20 foiz xayriya qilgan xolda, o‘zining niqoblarini 120 dollardan sotishni boshladi.

Hindistonda ham bir erkak uchun 4000 dollarlik tilla yuz niqobi yaratildi.

LV yuz qalqonlari 30 oktyabr kuni fransuz modalar uyining 2021 yilgi kruiz kolleksiyasi namoyishida sotuvga chiqariladi.

Rushanabonu Sultonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Louis Vuitton

Baholaganlar

65

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing