Dunyoning eng boy odami o‘zgardi
Olam
−
08 dekabr 2022
35160Tesla va Twitter kompaniyalarining bosh direktori Ilon Mask dunyoning birinchi raqamli boy odami maqomini yo‘qotdi. Endlikda Louis Vuitton egasi Bernar Arno sayyoraning eng boy insoniga aylandi. Bu haqda “Forbes” jurnali xabar berdi.
Joriy yilning noyabr oyida Ilon Maskning boyligi 74 milliard dollarga kamaydi. Bunga Twitter bilan imzolangan kelishuv sabab bo‘lgan. Uning umumiy boyligi 200 milliard dollardan pastga tushdi.
Louis Vuitton Moët Hennessy raisi va bosh direktori Bernar Arnoning jami boyligi 184 milliard dollardan oshdi. “Forbes Real-Time” ma’lumotlariga ko‘ra, Bernar Arno Toshkent vaqti bilan kecha, 7 dekabr soat 22:13 da Ilon Maskni ortda qoldirdi. Hozirda Tesla asoschisining umumiy boyligi 184,5 milliard dollarni tashkil etmoqda. Bu Arnonikidan deyarli 200 millon yevroga kam demakdir.
Bernar Arno fransuz hashamatli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi LVMH (Louis Vuitton Moët Hennessy – Louis Vuitton) kompaniyasining egasi hisoblanadi. Kompaniya Louis Vuitton, Givenchy, Guerlain, Kenzo, Moët & Chandon, Hennessy va boshqalar savdo belgilari ostida hashamatli mahsulotlar ishlab chiqaradi. Kompaniyaning bosh qarorgohi Parijda joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, Ilon Mask 2021 yilda Amazon asoschisi Jef Bezosni ortda qoldirib, dunyoning eng boy odamiga aylangandi. Tadbirkor 2022 yilning aprelida Twitter ijitimoiy tarmog‘ini sotib olishga qaror qildi. Mask oktyabr oyi oxirida Twitter bilan kelishuvni yopdi.