Shveysariya Bayden-Putin uchrashuv munosabati bilan havo hududidan foydalanishga cheklovlar qo‘ydi
Olam
−
15 iyun 2021
3277Ertaga, 16 iyun kuni Jenevada bo‘lib o‘tadigan Rossiya va AQSH Prezidentlari Vladimir Putin hamda Jo Bayden o‘rtasidagi muzokaralar munosabati bilan Shveysariya o‘z havo hududidan foydalanishga cheklovlar qo‘ydi. Bu haqda Shveysariya Mudofaa, aholini himoya qilish va sport federal departamentining rasmiy vakili Stefan Xofer ma’lum qilgan.
Ta’kidlanishicha, tegishli choralar kecha, 15 iyun kuni kuchga kirgan va 17 iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:00 ga (Toshkent vaqti bilan 20:00) qadar amalga oshiriladi.
Shveysariya hukumatining qaroriga binoan, mamlakat harbiy havo kuchlari havo politsiyasi vazifasini bajaradi va kuchaytirilgan kuzatuvlarni olib boradi. Jeneva xalqaro aeroportida tijorat reyslari amalga oshirilishda davom etadi.
Ma’lum bo‘lishicha, Amerika Prezidenti bugun, 15 iyun kuni Shveysariya poytaxtiga keladi. Kechqurun Shveysariya Prezidenti va Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, 16 iyun kuni Jenevada bo‘lib o‘tadigan Rossiya va AQSH Prezidentlari Vladimir Putin hamda Jo Bayden o‘rtasidagi uchrashuv soat 13:00 da boshlanadi