Shveysariya banklari rossiyaliklarning hisoblari ustidan nazoratni kuchaytiradi

Olam

image

Shveysariya banklari rossiyalik mijozlarni agar ular Rossiya byudjetiga soliq to‘lasa, hisoblarini yopish haqida ogohlantirish bera boshladi. Bu haqda RBC agentligi rossiyalik mijozlar bilan ishlayotgan shveysariyalik ikki advokat va mamlakat bank sektoridagi manbaga tayanib xabar berdi.

Shveysariyaning Leolex yuridik idorasining boshqaruvchi hamkori Roman Kudinovning so‘zlariga ko‘ra, taxminan bir oy oldin ularga UBS va Credit Suisse'ning (Shveysariya banklari) o‘nga yaqin mijozi murojaat qilgan.

Bank xodimlari hozircha ularga norasmiy qo‘ng‘iroq qilib, tadbirkorlarni agar Rossiyada joylashgan kompaniyalarga egalik qilish va u yerda soliq to‘lashni to‘xtatmasa, bank ularning hisoblarini yopishga majbur bo‘lishi bilan ogohlantirilgan.

"Ammo bundan keyin hali rasmiy harakatlar amalga oshirilmadi. Banklarning harakatlari ommaviy emas, hali tanlab olingan", deydi Kudinov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, banklar bu qarorni bunday mijozlarning davlatga soliq to‘lashi Ukrainadagi vaziyatni beqarorlashtirishi bilan izohlagan.

Boshqa bir shveysariyalik advokatning aytishicha, uning mijozlari allaqachon Rossiya byudjetiga soliq to‘langani sababli hisoblari bloklanishiga duch kelgan. 

Kudinovning ta’kidlashicha, banklar Shveysariya hukumati, mahalliy partiyalar va mamlakatning Iqtisodiy masalalar bo‘yicha kotibiyati tomonidan Rossiyaga qarshi sanksiyalarning amalga oshirilishi ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha qilinayotgan bosim tufayli banklar bunday harakatlarga majbur bo‘lmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

soliq Shveytsariya banklari rossiyalik mijozlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing