Shvetsiyada samolyot quladi. Barcha parashyutchilar halok bo‘ldi

Olam

image
0:00
0:00
download

Kecha, 8 iyul kuni bortida 9 kishi bo‘lgan samolyot Shvetsiyaning Erebru shahri yaqinida qulab tushdi. Bu haqda “Aftonbladet” gazetasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, voqea sodir bo‘lgan paytda samolyotda sakkiz kishidan iborat parashyutchilar guruhi va uchuvchi bo‘lgan. Dastlab, samolyot bortida bo‘lgan 9 kishidan faqat bir kishi tirik qolgan va shifoxonaga olib ketilgan. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, u ham vafot etgan.  

Xabarga ko‘ra, samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagidan bir necha yuz metr nariga qulagan va yonib ketgan. Ayni paytda yong‘in o‘chirilgan, qutqaruvchilar, shifokorlar va politsiya voqea joyida ishlashni davom ettirmoqda. 

Mahalliy politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, havoga ko‘tarilish paytida samolyotda muammo yuzaga kelgan.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyi boshida Filippinda bortida 85 kishi bo‘lgan harbiy samolyot yerga quladi. Mamlakat Mudofaa vazirligiga ko‘ra, hodisa oqibatida 29 kishi halok bo‘lgan. 

Bundan tashqari, joriy yilning 4 iyul kuni Qozog‘istonda guruch dalalariga ishlov berayotgan AN-2 samolyoti qulab tushgandi. Uning bortida ikki nafar uchuvchi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

samolyot Shvetsiya

Baholaganlar

151

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing