Shvetsiyada partiya rahbari Qur’onni yoqib yubordi. Turkiya ogohlantirish bilan chiqdi
Olam
−
22 yanvar 2023
40656Shvetsiya hukumati Turkiyada taqiqlangan Kurdiston Ishchilar partiyasiga aloqador guruhlarning Stokgolm markazida tashviqot namoyishini o‘tkazishga ruxsat berdi.
Mazkur namoyish davomida esa Daniyaning o‘ta o‘ngchi “Qattiq kelishuv” partiyasi rahbari Rasmus Paludan Qur’onni yoqib yuborgan. Shu sababli Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Shvetsiyani NATOga a’zolik bo‘yicha majburiyatlarini buzganlikda aybladi. Bu haqda Turkiya TIV saytida chop etilgan press-relizda aytiladi.
“Bu Shvetsiya terrorchilik tashkilotlari tashviqotining oldini olish uchun imzolagan uch tomonlama memorandum majburiyatini ochiqdan-ochiq buzishdir. Kurdiston Ishchilar partiyasiga aloqador guruhlarning shahar markazida davlatga qarshi tashviqot o‘tkazishiga ruxsat berilganini keskin qoralaymiz”, deyiladi press-relizda.
Shuningdek, vazirlik Shvetsiyadan, ayniqsa, terrorizmga qarshi kurash sohasida aniq va samarali qadamlar kutishlarini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Shvetsiya poytaxtida Turkiyada terrorchi tashkilot deb hisoblanuvchi Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP)ni qo‘llab-quvvatlash uchun norozilik namoyishi bo‘lib o‘tgandi. Aksiya chog‘ida Stokgolm meriyasi yonida Turkiya yetakchisi Rajab Toyib Erdo‘g‘anga o‘xshagan qo‘g‘irchoq oyoqlaridan osilib qoldi. Turkiya hukumati bu harakatni qoraladi. Shvetsiyaning Anqaradagi elchisi ikki marta Turkiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi va norozilik bildirildi.
Ma’lumot uchun, kecha, 21 yanvar kuni Stokgolmdagi Turkiya elchixonasi oldida “Qattiq kelishuv” o‘ng qanot ekstremistik partiyasi rahbari Rasmus Paludan tomonidan namoyish bo‘lib o‘tdi. Namoyishda u Quronni yoqib yuborgandi. Paludan o‘z nutqida NATO, Turkiya va Erdo‘g‘onni tanqid qilib, u Muhammad payg‘ambar karikaturasini ham ko‘rsatgan.
U partiyaga 2017 yilda asos solgan, u YouTube’da islomga qarshi ko‘plab videoroliklari bilan tanilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, siyosatchi Qur’onni omma oldida yoqishini so‘z erkinligiga hurmat hisoblanadi. Uning partiyasi islom dinini taqiqlashni va barcha g‘arbdan bo‘lmaganlarni deportatsiya qilishni talab qilmoqda.
LiveBarchasi