Shvetsiyada Qur’on yoqib yuborilishi ortidan tartibsizlik boshlandi
Olam
−
29 avgust 2020
30206Shvetsiyada faollar Qur’onni yoqib yuborgani sababli aholi o‘rtasida tartibsizliklar kelib chiqdi. Tartibsizliklar natijasida politsiya xodimlari jabrlangan. Bu haqda Shvetsiyaning SVT telekanali xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, aholi o‘rtasida tartibsizliklar Malma shahrida kecha, 28 avgust kuni boshlangan. Avvaliga tartibsizlik ishtirokchilari “petarda”lar portlatishgan. Yig‘ilganlar avtoulovlarning shinalari va axlatlarni yoqib yuborishgan hamda politsiyaga qarata toshlar otishgan. Bir nechta politsiya mashinalari va qutqaruv vositalariga zarar yetgan.
Xabarga ko‘ra, 20 ga yaqin fuqaro hibsga olingan. Bundan tashqari bir necha politsiya xodimi yengil jarohat olgan. Aholi orasida qurbonlar haqida hali ma’lumot berilmagan. Tartibsizlik o‘tkazilgan joyga Imom kelgan va odamlarni tinchlantirgan. Vaziyat esa hozirda barqarorlashgan.
Ahrorbek Hayrullayev