Germaniyada “Gelik” odamlarni bosib ketdi
Olam
−
03 may
4512Germaniyaning Shtutgart shahrida Mercedes Gelandewagen bir guruh odamlarni bosib ketdi. Oqibatda bir ayol halok bo‘ldi. Bu haqda shahar politsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Kecha, 2 may kuni Mercedes Gelandewagen rusumidagi avtomobil Shtutgartda bir guruh odamlarni bosib ketdi. Hodisa oqibatida uch kishi og‘ir, yana besh kishi yengil jarohat olgan. Haydovchi hodisa joyida qo‘lga olingan. Ma’lumotga ko‘ra, voqea vaqtida og‘ir tan jarohatlari olgan 46 yoshli ayol shifoxonada vafot etgan.
Politsiya dastlabki ma’lumotlarga tayanib, hodisani qasddan sodir etilgan hujum emas, balki “fojiali yo‘l-transport hodisasi” sifatida baholamoqda. Shu bilan birga, hodisaning kelib chiqish sabablari bo‘yicha tajribali mutaxassis ishtirokida chuqur surishtiruv olib borilayotgani bildirildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand shahrida 1997 yilda tug‘ilgan erkak Lacetti bilan piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan bir guruh odamlarni urib ketgandi. Oqibatda 1 nafar ayol vafot etgan, 4 kishi jarohatlangan. Holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, haydovchiga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
LiveBarchasi