Shvetsiyada bolalari tish yuvmagani uchun ota-ona qamaldi

Olam

image

Shvetsiyada ota-ona farzandlarining tishlarini yetarlicha parvarish qilmagani uchun sakkiz oylik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “Aftonbladet” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, ota-onaning maktabgacha yoshdagi uch nafar bolasi – bir qiz va ikki o‘g‘lining tishlari tibbiy ko‘rik chog‘ida chuqur kariyes bilan zararlangani aniqlangan. Holat shu darajada og‘ir bo‘lganki, ba’zi tishlarni olib tashlashga to‘g‘ri kelgan.

Qizcha narkoz ostida 8 ta tishidan ajralgan. O‘g‘il bolalar esa 4 tadan tishini yo‘qotgan. Og‘iz bo‘shlig‘ining yomon holati oqibatida ularda yiringli yallig‘lanishlar, infeksiyalar va og‘riqli yallig‘lanishlar ham paydo bo‘lgan.

Prokuror Sofiya Bryungelsson bu holatni “jinoyat” deb atagan.

“Ota-onalar bolalariga g‘amxo‘rlik qilish uchun javobgardir. Bu yerda ko‘rilayotgan e’tiborsizlik darajasi jinoyat deb hisoblanadi”, degan u.

Prokuror bu ish bo‘yicha ota-onalarni qamoq jazosiga hukm qilish tarafdori ekanini bildirib o‘tgan.

Sud jarayonida ota-onalar o‘z aybini inkor qilgan, biroq sudya ularning farzandlariga to‘g‘ri tish parvarishi ko‘rsatmaganini inobatga olib, har biriga 8 oylik qamoq jazosi tayinlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Shvetsiya tish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing