Shvetsiyada 20 yoshli futbolchi otib o‘ldirildi
Sport
−
25 mart 1761 1 daqiqa
Shvetsiyaning “Forvard” klubining 20 yoshli darvozaboni Xugo Mossxagen Erebru shahrida sodir bo‘lgan otishmada otib oldirildi. Bu haqda “Aftonbladet” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, hodisa joriy yilning 21 mart kuni kechqurun shaharning g‘arbiy qismidagi avtoturargohda sodir bo‘lgan. Politsiya mahalliy vaqt bilan soat 23:26 da qo‘ng‘iroqni qabul qilgan va voqea joyida yarador shaxsni topgan. U keyinchalik vafot etgan.
“Biz jiddiy jinoyatni tergov qilmoqdamiz. Bu tasdiqlangan otishmadir”, dedi navbatchi ofitser Peter Andersson.
Hozircha gumondorlar aniqlanmagan. Tergov Mossxagen va jinoiy guruhlar o‘rtasida hech qanday bog‘liqlikni topmagan. Hodisa qotillik va qurol ishlatish bilan bog‘liq huquqbuzarlik sifatida tasniflangan. Sababi hozircha noma’lum bo‘lib qolmoqda.
Bir nazariyaga ko‘ra, mo‘ljallangan nishon uning doirasidagi boshqa shaxs bo‘lishi mumkin. Hodisa paytida Mossxagen kamida bitta tanishi bilan birga bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Mossxagen Shvetsiyaning to‘rtinchi divizionidagi “Forvard” klubining asosiy jamoasida o‘ynagan.
Live
Barchasi