Shvetsiya va Finlyandiya NATOga qachon a’zo bo‘lishi aytildi
Olam
−
11 aprel 2022
9672Shvetsiya va Finlyandiya joriy yilning yozida NATOga a’zo bo‘lish niyatida. Bu haqda “Times” gazetasi manbalarga tayanib xabar bergan.
Ismi oshkor etilmagan AQSH rasmiylariga ko‘ra, ikki davlatning alyansga a’zoligi NATO Tashqi ishlar vazirlari o‘rtasidagi muzokaralarda “suhbat va ko‘plab uchrashuvlarning mavzusiga” aylangan.
“Finlyandiya iyun oyida ariza topshirishi kutilmoqda, keyin esa Shvetsiya”, deyilgan xabarda.
Gazetaga intervyu bergan yevropalik diplomatlarning aytishicha, har ikki davlat ham NATO imkoniyatlarini kengaytiradi. Diplomatlardan birining fikricha, Shvetsiya va Finlyandiya blokda “haqiqiy o‘yinchilar” bo‘ladi.
Finlyandiya va Shvetsiya Rossiyaning Ukrainaga hujumi fonida uzoq muddatli betaraflikdan voz kechish va NATOga qo‘shilish imkoniyatlari haqida gapira boshladi. NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg alyans Finlyandiya va Shvetsiyani o‘z safida ko‘rishdan xursand bo‘lishini va ularga tezroq qo‘shilish imkoniyatini taqdim etishini ta’kidladi.
Shuningdek, Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lish tashabbusi Yevropada keskinlashuvning “jiddiy xavfini” olib kelishi aytilgandi.
LiveBarchasi