Shvetsiya malikasi koronavirusga qarshi kurashga kirishdi
Olam
−
17 aprel 2020 6435 1 daqiqa
Shved malikasi Sofiya koronavirus bilan kurashishda yordam berish uchun Stokgolmdagi Sofiaxemmet kasalxonasida ish boshladi. Bu haqda “Daily Mail” xabar bermoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda malikaning birinchi “ish” kunidagi fotosuratlar paydo bo‘ldi. Sofiya unda maxsus jarrohlik kostyumida bo‘lib, jilmayib turgani aks etgan.
Ta’kidlanganishicha, Sofiya uch kunlik tegishli kurslarni o‘tagan. Mamlakatda qo‘shimcha tibbiy xodimlar pandemiya tufayli shifokorlarga yordam berishni boshladi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Shvetsiyada koronavirusga 12 540 nafar odam chalindi. 550 bemor shifo topgan bo‘lsa, 1 333 kishi vafot etdi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr