Shukurovni qamoqdan chiqarib yuborgan sudyalarga xizmat tekshiruvi tayinlandi
3-sahifa
−
19 dekabr 6583 1 daqiqa
Avvalroq, joriy yil bahorda Toshkent shahridagi tungi klub oldida erkakni bir urib, komaga tushirib qo‘ygan Akmal Shukurov apellyatsiya instansiya sudining 2025 yil 9 dekabrdagi ajrimi bilan ozodlikka chiqqani xabar berilgandi. Uni qamoqdan chiqarib yuborgan sudyalarga xizmat tekshiruvi tayinlandi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahar sudi apellyatsiya instansiyasida ko‘rilib chiqilishi bilan bog‘liq holatlarga oydinlik kiritish yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan. Tekshiruv Sudyalar oliy kengashi tomonidan olib borilmoqda.
“Natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Akmal Shukurovning apellyatsiya instansiya sudi bo‘yicha Toshkent shahar prokuraturasi taftish tartibida protest kiritgandi. Taftish hay’ati prokuratura protestini qanoatlantirib, Akmal Shukurovga tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Uning qamoqda saqlangan kunlari tayinlangan jazodan chegirilib, o‘tash uchun 5 yil 3 oy 12 kun muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoldirildi.
Live
Barchasi“Samarqand darvoza”da Tahoe yonib ketdi
19 dekabr