“Shu ammamga shu pochcham”: Odamlar UzAutoMotors mashinalarini talashmoqda (video)
Jamiyat
−
05 avgust 2023
23027Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Sergeli tumanidagi avtosalon oldida yuzlab odamlar navbat talashayotgani tasvirlangan videolar tarqaldi. Unda odamlar kechasi bilan mijja qoqmay navbat kutgani, kunduzi esa avtosalon eshigi oldida tiqilinch hosil qilgani aks etgan. Ular orasida hatto bolasini ko‘targan ayollar, keksa yoshli fuqarolar ham bor. Avtosalon xodimlari esa eshik oldini to‘sib, ularni kiritmaslikka uringan.
Gap shundaki, kecha, 4 avgust kuni UzAutoMotors yangilangan Cobalt, Lacetti va Damas uchun kontraktatsiya ochilgani hamda ularning narxlari arzonlashganini ma’lum qilgan edi. Kompaniya 2022 yilning dekabridan boshlab ushbu avtomobillar uchun sotuvni to‘xtatgan edi.
Ma’lumot uchun, UzAutoMotors 1996 yildan buyon O‘zbekistonda yagona avtomobil ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.
LiveBarchasi