Shuhrat Abdurahmonov Otabek Umarov qo‘li ostida ishlaydigan bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Aralash jang san’atlari federatsiyasi (MMA) Andijon viloyat bo‘limining navbatdagi konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Konferensiyada O‘zbekiston Aralash jang san’atlari federatsiyasi Andijon viloyat bo‘limining rahbari saylandi. Ushbu lavozimga viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov nomzodi ovozga qo‘yildi va delegatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi. Viloyat hokimi O‘zbekiston aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi Andijon viloyat bo‘limi rahbari etib tayinlandi.

Assotsiatsiyaga ijro direktor etib Nozimjon To‘ychiyev tasdiqlandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda yangi aralash jang san’ati federatsiyasi tashkil qilinganiga ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Federatsiyaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kenja kuyovi, Prezident xavfsizlik xizmati rahbari birinchi o‘rinbosari, Triatlon federatsiyasi raisi Otabek Umarov rais etib tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Otabek Umarov Shuhrat Abdurahmonov MMA

Baholaganlar

1367

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing