Shri-Lankada “advokat” mahbusni otib tashladi
Olam
−
24 fevral
6272Shri-Lanka poytaxti Kolomboda joylashgan sud zalida advokat qiyofasida kelgan shaxs jinoiy guruh yetakchisini otib tashladi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 19 fevral kuni qurollangan shaxs advokat qiyofasida sud zaliga kelgan. U jinoiy guruh rahbarini kitob orasiga yashirib olib kirilgan to‘pponcha bilan otib tashlagan.
Qayd etilishicha, vafot etgan shaxsning ismi Sanjiv Kumara Samararatne bo‘lgan. Politsiyaga ko‘ra, u bir nechta qotillik ishlarida gumon qilingan.
Nashrning yozishicha, Kolombodagi otishma bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan jinoiy guruhlar tomonidan sodir etilgan bir qator qotilliklardan biri sanaladi. Rasmiylar mamlakatdagi to‘da zo‘ravonliklarini bostirishga va’da bergan.
“Jinoiy guruh rahbari 2023 yil sentyabr oyida hibsga olinganidan beri qamoqda edi”, deyiladi xabarda.
Mahbus otib tashlanganidan keyin shifoxonaga olib ketilgan, biroq yetib kelganida u o‘lganligi ma’lum qilingan.
Qurollangan shaxs voqea joyidan qochishga muvaffaq bo‘lgan, biroq keyinroq politsiya tomonidan qo‘lga olingan.
“Politsiya gumondor ayol 25 yoshli Pinpura Devage Ishara Syuvandi aniqladi”, deyiladi xabarda.
Politsiya, shuningdek, otishmada ikki gumonlanuvchiga yordam berganlikda gumon qilingan politsiyachi va furgon haydovchisini hibsga olganini qo‘shimcha qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Kanash shahridagi do‘konlardan birida qorbobo kiyimidagi shaxs do‘kon egasini otib o‘ldirgandi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, qotillikka jabrlanuvchining gumonlanuvchi oldidagi qarzi sabab bo‘lgan.
LiveBarchasi