Shoygu O‘zbekistonga “fashizmga qarshi kurash” arxiv hujjatlarini olib keldi

Jamiyat

image

Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu O‘zbekistonga Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston xalqining fashizmni yengishdagi hissasi haqidagi arxiv hujjatlarini olib keldi. Bu haqda u Buxoroda, O‘zbekiston Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov bilan muzokaralarda ma’lum qildi.

"Bizning uchrashuvimiz 1941-1945 yillarda bo‘lib o‘tgan Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alaba kuni arafasida bo‘lib o‘tmoqda. Men o‘zbek xalqining umumiy G‘alabaga qo‘shgan hissasi to‘g‘risida arxiv hujjatlarining bir qismini sovg‘a sifatida olib keldim. Uchrashuvimiz oxirida ularni topshiraman", degan Shoygu. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 27 aprel kuni Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu boshchiligidagi delegatsiya Buxoroga kelgandi. 

Avvalroq, Buxoroda ikki mamlakat mudofaa vazirlari Sergey Shoygu va Bahodir Qurbonov tomonidan 2021-2025 yillarda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida harbiy sohadagi strategik sheriklik dasturi imzolangani haqida xabar berilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Shoygu

Baholaganlar

317

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing