Shoygu ham Shimoliy Koreyaga boryapti

Olam

image

Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu boshchiligidagi delegatsiya Shimoliy Koreyaga boryapti. Bu haqda bugun, 25 iyul kuni Rossiya Mudofaa vazirligiga tayanib, RIA Novosti xabar berdi.

“KXDR Mudofaa vazirligi taklifiga binoan Rossiya delegatsiyasi Koreya Xalq Demokratik Respublikasiga 1950-1953 yillardagi vatanparvarlik urushida koreys xalqi g‘alabasining 70 yilligiga bag‘ishlangan tantanalarda ishtirok etish uchun tashrif buyuradi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Aytilishicha, safar 25-27 iyul kunlariga belgilangan.

Mudofaa vazirligi bu tashrif Moskva va Pxenyan o‘rtasidagi harbiy aloqalarni mustahkamlashga yordam berishini va ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishda muhim bosqichga aylanishini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq mazkur tantanada qatnashish uchun Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Li Xunchjong boshchiligidagi Xitoy delegatsiyasi ham KXDRga yo‘l olgani aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Shimoliy Koreya KXDR Shoygu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing