Shoygu Shimoliy Koreya armiyasini “dunyodagi eng kuchli” deb atadi

Olam

image

Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Shimoliy Koreyaga tashrifi chog‘ida uning armiyasini “dunyoda eng kuchlisi” deb atadi. Bu haqda Shimoliy Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi

“[Shoygu] Koreya xalq armiyasi Oliy qo‘mondon atrofida tinimsiz jipslashib, o‘z qudratini to‘xtovsiz mustahkamlagani va buning natijasida u dunyodagi eng kuchli armiyaga aylanganini ta’kidladi”, deyiladi xabarda. 

Aniqlik kiritilishicha, Shoygu KXDR Mudofaa vazirligida bo‘lib o‘tgan qabulda so‘zlagan nutqida shunday baho bergan. Rossiya tomoni e’lon qilgan xabarlarda esa bu haqda hech narsa aytilmagan. 

Ma’lumot uchun, Rossiya delegatsiyasi harbiy aloqalarni mustahkamlash maqsadida joriy yilning 25 iyulida Shimoliy Koreya poytaxti Pxenyanga tashrif buyurdi. Shoygu KXDR rahbari Kim Chen In bilan ham uchrashdi va ular birgalikda qurol ko‘rgazmasini tomosha qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shimoliy Koreya armiya Sergey Shoygu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing