Shotlandiyada ajablanarli begemot dunyoga keldi

Bu qiziq

image

Shotlandiya poytaxti Edinburg shahridagi hayvonot bog‘ida tug‘ilgan “ajablanarli darajada kam uchraydigan” pigmey begemoti dunyoga keldi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Xaggis laqabli yo‘qolib ketish arafasida turgan pigmey mayda begemoti 30 oktyabr kuni dunyoga kelgan. Hayvonot bog‘i xodimlarining aytishicha, begemot allaqachon o‘ziga kelgan va hozirda holati yaxshi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, hozirda dunyo bo‘ylab yovvoyi tabiatda bunday begemotlarning atigi 2500 tasigina qolgan.

“Xaggis hozircha juda yaxshi rivojlanmoqda va uning ulg‘ayishini hayratlanarli”, degan hayvonot bog‘i rahbari.

Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi (ICUN) bir qator omillar, jumladan yashash joyi va Liberiyada oziq-ovqat uchun ovlanganligi sababli ushbu turni yo‘qolib ketish xavfi ostida deb hisoblamoqda.

Ma’lumot uchun, pigmey begemoti yoki pigma begemoti G‘arbiy Afrikaning o‘rmonlari va botqoqlarida, Liberiyada yashaydigan va kichik populyatsiyaga ega bo‘lgan begemotdir. Pigmey yolg‘iz yashaydi.

Eslatib o‘tamiz,  2 noyabr kuni Avstraliyada dunyodagi eng katta timsoh nobud bo‘lgandi. Timsohning laqabi Kassius bo‘lib, u 1987 yildan beri hayvonot bog‘ida yashab, 2010 yilgacha o‘sishda davom etgan.

Muhammad Hodiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Shotlandiya begemot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing