Shomurodovning Rim derbisidagi o‘yini qanday baholandi
Sport
−
14 aprel
8810Italiya chempionati 32-turi doirasida “Latsio” o‘z uyida hamshahari “Roma”ni qabul qilib, 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
47-daqiqada “Latsio” safida Alessio Romanolining goliga rimliklardan 69-daqiqada Matias Sule javob qaytardi.
Uchrashuv davomida 7 ta seyvni amalga oshirgan “Roma” posboni Mile Svilar uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. Uning o‘yini 8,5 ballga loyiq ko‘rildi.
Bahsda 2-taymda maydonga tushgan o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodovning 31-daqiqa davomida ko‘rsatgan o‘yini 6,7 ballga baholandi.
Ma’lumot uchun, 32 ta turdan keyin “Roma” 54 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda. “Latsio” esa 56 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda.
LiveBarchasi