Shomurodovning Italiyada qancha ishlab topishi ochiqlandi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va Italiyaning “Kalyari” klubi a’zosi Eldor Shomurodov Sardiniya jamoasi safida mavsumiga 1,5 million yevro maosh olishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Tuttomercatoweb.com” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Kalyari” o‘z futbolchilariga umumiy 19 million yevrodan ortiq maosh to‘laydi. Jamoada eng ko‘p maosh oladigan futbolchi bu italiyalik Andrea Petanya hisoblanadi. 28 yoshli hujumchi mavsumiga 1,8 million yevro oladi.

Ta’kidlash joiz, Shomurodov ham o‘z klubida eng ko‘p maosh oladigan futbolchilardan biri hisoblanadi. Faqatgina Nandes va Petanya o‘zbekistonlik hujumchidan ko‘proq ishlab topadi. 

Eldor Shomurodovning “Kalyari”dagi joriy mavsum statistikasi havas qilarli emas. Futbolchi Sardiniya klubida ushbu mavsum jami 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirishni uddaladi xolos. Transfer huquqi Rimning “Roma” klubiga tegishli bo‘lgan 28 yoshli Shomurodovning joriy klubi shartnomasi keyingi yil yozda nihoyasiga yetadi.


Maqola muallifi

Teglar

Roma Eldor Shomurodov Kal'yari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made