Shomurodovning goli JCHning eng chiroyli goli bo‘lishi mumkin

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodovning 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichida Kongo DR darvozasiga kiritgan goli Jahon chempionatingning eng chiroyli goli sovrini uchun yakuniy da’vogarlar ro‘yxatidan o‘rin oldi. Bu haqida FIFA xabar berdi.

FIFA tomonidan e’lon qilingan yakuniy ro‘yxatga turnir davomida urilgan eng yaxshi 12 ta gol kiritilgan. G‘olib nomi musobaqa yakunlari bo‘yicha muxlislar ovozi orqali aniqlanadi.

E’tiborlisi, Shomurodovning Kongo DRga qarshi kiritgan goli avvalroq guruh bosqichining eng yaxshi goli deb topilgandi. Endilikda ushbu gol turnirning eng chiroyli goli bo‘lishi uchun ham nomzodlar qatoridan joy oldi.

Yakuniy da’vogarlar orasida Julian Alvares (Argentina), Kilian Mbappe (Fransiya), Jud Bellingem (Angliya), Pedro Porro (Ispaniya), Enso Fernandes (Argentina) kabi jahon futboli yulduzlarining gollari ham mavjud.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing