Shomurodovning “Bolonya”ga o‘tishi haqidagi xabarlar rad qilindi

Sport

image

Italiyaning “Bolonya” klubi sport direktori Jovanni Sartori O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Eldor Shomurodovning “Roma”dan xarid qilinishi mumkinligi haqidagi ma’lumotni rad etdi. Bu haqda “Sport Exspress” nashri xabar berdi.

“Roma” Belotti kelgani uchun Shomurodovni “Bolonya”ga sotishi haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Biz Eldorni sotib olmoqchi emasmiz”, degan Sartori.

Avvalroq, Eldor Shomurodovni transfer qilishga asosiy da’vogar Turinning “Torino” klubi ekanligi to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, 2021 yilning yozida “Roma” Eldor Shomurodov uchun “Jenoa”ga 18 million yevro to‘lagan edi. O‘tgan mavsumda 27 yoshli Shomurodov “Roma” tarkibida Italiya A seriyasining 28 o‘yinida maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hozirda, “Transfermarkt” portali o‘zbekistonlik futbolchini 8 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Eldor Shomurodov

Baholaganlar

85

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing