Shomurodovga tanish bo‘lgan murabbiy uchinchi marta “Roma” ustoziga aylanishga yaqin turibdi
Sport
−
13 noyabr
6825Italiyalik 73 yoshli mutaxassis Klaudio Raneri “Roma” klubi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin. Bu haqda Italiya OAV xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Rim klubi aynan Raneri bilan hamkorlik qilish variantiga qiziqish bildirmoqda. Murabbiy allaqachon “Roma”ning egalari Den va Rayan Fridkinlar bilan muzokaralar olib borish uchun Londonga yo‘l olgan.
Tomonlar 2025 yilning yoziga qadar shartnoma tuzishga yaqin turibdi. Ilgari ikki marta Klaudio Raneri “Roma”ning bosh murabbiy sifatida ishlagan. Uning klubga birinchi kelishi 2009-2011 yillarga to‘g‘ri keladi, ikkinchisi 2019 yilda bo‘lgan.
O‘tgan mavsum yakunlanganidan so‘ng Raneri “Kalyari”ni tark etib, murabbiylik faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan edi, biroq bor-yo‘g‘i besh oydan so‘ng u yana murabbiylik faoliyatini tiklaydiganga o‘xshaydi.
“Roma” Vinchenso Montellani taklif qilish imkoniyatini ham ko‘rib chiqdi, biroq uning murabbiylar shtabining yuqori moliyaviy talablar va Turkiya terma jamoasi bilan tuzilgan shartnomadagi kompensatsiya summasi tufayli kelishuvga erishishning imkoniyati bo‘lmadi.
Qayd etish joiz, Raneri “Kalyari” klubida Eldor Shomurodov bilan birga ishlagan.
LiveBarchasi