Shomurodovga La Liga klubi qiziqish bildirmoqda

Sport

image

O‘zbekiston terma jamoasining 28 yoshli forvardi Eldor Shomurodovga Ispaniyaning “Jirona” klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Sport Express” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, endilikda Italiyaning “Roma” klubiga keragi bo‘lmay qolgan Shomurodov uchun jamoa transfer eshiklarini ochib qo‘ygan. Hozirga qadar futbolchiga “Lechche”, “Rostov”, “Torino” va “Galatasaray” kabi nomdor klublar tomonidan qiziqish bildirilgan. 

Manbaga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda Ispaniyaning “Jirona” klubi ham forvard transferi uchun kechayotgan kurashga qo‘shilgan. “Roma” Shomurodovni sotib olish majburiyati bilan ijaraga olishga tayyor bo‘lgan har qanday jamoaga sotishga tayyor, biroq moliyaviy tomondan bir muncha “qashshoq” bo‘lgan klublarning so‘nggi qarorga kelishi qiyin kechmoqda. Chunki hujumchining maoshi 1,5 million evroni tashkil qiladi.

Ma’lumot uchun, Eldor 2015-2017 yillarda Toshkentning “Bunyodkor” kubida to‘p tepgan. Keyinchalik, futbolchi uch yil davomida Rossiyaning “Rostov” klubi sharafini himoya qilib, 2020 yilda Italiyaning “Jenoa” jamoasi tarkibiga borib qo‘shilgan.

Shuningdek, Shomurodov “Jenoa”dagi bir yillik faoliyatidan so‘ng “Roma” va 2022/2023 yilgi mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida “Spetsiya” klubida o‘tkazdi. Mavsum yakunida esa sportchi yana Rimga qaytadigan bo‘ldi. Shomurodovning “bo‘rilar” bilan amaldagi shartomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Roma Eldor Shomurodov Jirona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing