Shomurodovga da’vogarlar beshtaga yetdi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Roma” klubi futbolchisiov Eldor Shomurodovga da’vogarlar ro‘yxati beshtaga yetdi. Bu haqda “Match TV” telekanali xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 27 yoshli hujumchining transferiga Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” va Italiya A seriyasining “Sassuolo” klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Qayd etish joizki, Eldor Shomurodovning o‘zi uchun Italiyada qolish yaxshiroq tuyulmoqda. Sababi yangi chempionat va muhitga moslashish uchun ancha vaqt talab qilinadi.

Avvalroq, o‘zbekistonlik hujumchiga Italiyaning “Bolonya”, “Torino” va Angliyaning “Vulverxempton” klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Ma’lumot uchun, 2021 yilning yozida “Roma” Eldor Shomurodov uchun “Jenoa”ga 18 million yevro to‘lagan edi. O‘tgan mavsumda 27 yoshli Shomurodov “Roma” tarkibida Italiya A seriyasining 28 o‘yinida maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hozirda, “Transfermarkt” portali o‘zbekistonlik futbolchini 8 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Eldor Shomurodov

Baholaganlar

1488

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing