Eldor Shomurodovga Angliya klubidan da’vogar chiqdi

Sport

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Italiyaning “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini Angliya Premer ligasi vakili bo‘lmish “Vulverxempton”dan davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Il Messaggero”  nashri xabar qildi.

Manbaga ko‘ra, “Roma” bosh direktori Tiagu Pintu Shomurodovga da’vogarlarning barchasiga hujumchi bilan to‘liq transfer yoki sotib olish majburiyati bilan ijaraga olish variantida xayrlashishga tayyor ekanliklarini bildirmoqda.

Qayd etish kerakki, Italiyaning “Bolonya” jamoasi ham Eldorga nisbatan qiziqishlarini yo‘qotmagan.

Avvalroq, Eldor Shomurodovning transferi uchun “Bolonya” 9 million yevro to‘lashga tayyorligi xabar qilingandi.

Ma’lumot uchun, 2021 yilning yozida “Roma” Eldor Shomurodov uchun “Jenoa”ga 18 million yevro to‘lagan edi. O‘tgan mavsumda 27 yoshli Shomurodov “Roma” tarkibida Italiya A seriyasining 28 o‘yinida maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hozirda, “Transfermarkt” portali o‘zbekistonlik futbolchini 8 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Eldor Shomurodov “Roma”

Baholaganlar

1135

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing