Shomurodov va “Roma” YeLdagi yurishini to‘xtatdi

Sport

image

Kecha, 13 mart kuni Yevropa ligasi 1/8 final javob o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Unda Rimning “Roma” klubi mehmonda “Atletik”ga qarshi maydonga tushib, 3:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 

Mazkur bahsda rimliklar safida o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov ikkinchi taymda maydonga tushdi. Uchrashuvda dastlab, 11-daqiqadayoq mehmonlar himoyachisi Mats Xummels qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Bu esa o‘yin natijasiga ta’sir qilmay qolmadi. Mezbonlar hujumchisi Niko Uilyams dubli va himoyachisi Yuriy Berchichening bir goli evaziga “Atletik” hisobdagi farqni 3 taga yetkazdi. Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda rimliklar yarim himoyachisi Leandro Paredes penaltini golga aylantirib, hisobni qisqartirdi, 3:1. 

Shu tariqa, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, 4:3 hisobida g‘alaba qozongan “Atletik Bilbao” Yevropa ligasi chorak finaliga yo‘l oldi. Ushbu jamoalarning dastlabki bahsida “Roma” 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi. 

Ma’lumot o‘rnida, Yevropa ligasi 1/4 finali dastlabki o‘yinlari 10 aprel kuni va javob o‘yinlari 17 aprel kuni o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa ligasi Roma Eldor Shomurodov Atletik 1/8 final javob o'yinlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing