Shomurodov va Fayzullayev Konferensiya ligasida ishtirok etadi

Sport

image
O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda “Istanbul Bashakshehir” futbolchilari Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev 2026-2027 yilgi Konferensiya ligasida ishtirok etadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Nuri Shahin boshchiligidagi “Bashakshehir” 2025-2026 yilgi mavsumni 57 ochko bilan beshinchi o‘rinda yakunladi. Turkiyadan Yevropa musobaqalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma faqat chempionatning eng yaxshi to‘rt jamoasi hamda Turkiya kubogi sohibi uchun ajratilgan edi.

Beshinchi o‘rin dastlab Yevropa yo‘llanmasini bermaydigan pozitsiya hisoblangan. Biroq Turkiya kubogi finalida ligada allaqachon uchinchi o‘rinni kafolatlagan “Trabzonspor” “Konyaspor”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi va Yevropa ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Kubok sohibi chempionat orqali ham Yevropa musobaqalariga chiqqanligi sababli, ushbu yo‘llanma to‘rtinchi o‘rindagi “Beshiktosh”ga o‘tdi. Natijada Konferensiya ligasi saralash bosqichida bo‘shagan o‘rin avtomatik ravishda beshinchi o‘rindagi “Bashakshehir”ga nasib qildi.

Joriy mavsumda Eldor Shomurodov 22 ta gol urib, Turkiya chempionatining eng yaxshi to‘purariga aylandi. Abbosbek Fayzullayev ham Istanbul klubining asosiy tarkibida o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatdi.

Ma’lumot uchun, Shomurodov 2021-2022 yilgi mavsumda “Roma” bilan Konferensiya ligasi g‘olibi bo‘lgan. Shuningdek, u 2022-2023 va 2024-2025 yilgi mavsumlarda “Roma” safida Yevropa ligasida ishtirok etib, gollar urgan.

Fayzullayev uchun esa “Bashakshehir” safidagi bo‘lajak Yevropa o‘yinlari UEFA rasmiy musobaqalaridagi ilk uchrashuvlar bo‘ladi.

“Istanbul Bashakshehir” o‘z yurishini Konferensiya ligasining ikkinchi saralash bosqichidan boshlaydi.

Maqola muallifi

Teglar

Eldor Shomurodov Abbosbek Fayzullaev Konferentsiya ligasi “Istanbul Bashakshehir”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing