Shomurodov O‘zbekistonning eng qimmatbaho o‘yinchisiga aylandi
Sport
−
23 dekabr 2019
9594“Rostov” klubi va O‘zbekiston terma jamoasining hujumchisi Eldor Shomurodovning transfer narxi 2019 yilda sezilarli o‘sdi.
“Transfermarkt” portali ma’lumotiga ko‘ra, 24 yoshli hujumchi bugungi holat byicha 6,5 mln yevroga baholanyapti. 2019 yilning fevral oyida futbolchi 1 mln yevroga baholangandi.
O‘zbekiston Milliy terma jamoasida Shomurodovdan keyin “Shanxay SIPG” futbolchisi Odil Ahmedov (4.5 mln yevro) eng qimmatbaho futbolchi bo‘lib turibdi.
Qayd etish kerakki, Shomurodovning samaradorligi rossiya premer ligasi startining topilmalaridan bo‘ldi. Hujumchi dastlabki 12 turda 10 ta gol urdi. Biroq 2019 yilning oktyabr oyidan beri u gol urmadi.
Shomurodovning agenti Qahhor Mo‘minov “Shtutgart” (Germaniya) va SSKA (Rossiya) hujumchining transferi uchun 10 mln yevro taklif qilganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi