Shomurodov uchun Bundesligadan 15 mln yevrolik taklif tushdi

Sport

image
Eldor Shomurodov uylanyapti north_east

Eldor Shomurodov uylanyapti

Nemis klubi “Rostov” klubi to‘purari Eldor Shomurodov transferi uchun 15 mln yevro taklif qildi. Bu haqda “Sport-Ekspress” nashri xabar bermoqda.

Shomurodovning agenti Qahhor Mo‘minov yozda o‘zbekistonlik futbolchi uchun Germaniyaning “Shtutgart” klubi 10 million yevro taklif qilganini aytdi. Hozir esa Bundesliganing yana bir klubidan og‘zaki taklif tushgan. “Shomurodovni 15 million yevroga qo‘yib yuborasizlarmi?”. deyiladi xabarda.

“Rostov” rahbariyati futbolchilariga xaridorlarning ko‘pligidan biroz taajjublanyapti ham. Asosiy tarkibning deyarli barcha futbolchilariga boshqa klublar tomonidan qiziqish mavjud. Transfermarkt.de portalida futbolchilarning umumiy bahosi 13 mln yevroga o‘sib, 52 million yevroga yetgan.

Ma’lumot uchun, Eldor Shomurodov ushbu mavsumda “Rostov” klubi safida Rossiya Premer-ligasida 19 o‘yinda 10ta gol va 4ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eldor Shomurodov Rostov

Baholaganlar

314

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing