Eldor Shomurodov uylanyapti

Sport

image

O‘zbekiston milliy jamoasi hamda “Rostov” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov bugun, 28 dekabr kuni uylanmoqda. Bu haqda MTJ vakili Doston Hamdamov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi. 

“Transfermarkt” portali ma’lumotiga ko‘ra, 24 yoshli hujumchi bugungi holat bo‘yicha 6,5 mln yevroga baholanyapti. 2019 yilning fevral oyida futbolchi 1 mln yevroga baholangandi.

Qayd etish kerakki, Shomurodovning samaradorligi rossiya premer ligasi startining topilmalaridan bo‘ldi. Hujumchi dastlabki 12 turda 10 ta gol urdi. Biroq 2019 yilning oktyabr oyidan beri u gol urmadi.

Shomurodovning agenti Qahhor Mo‘minov “Shtutgart” (Germaniya) va SSKA (Rossiya) hujumchining transferi uchun 10 mln yevro taklif qilganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eldor Shomurodov

Baholaganlar

595

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing