Shomurodov to‘p tepadigan klub muxlislari norozilik namoyishi o‘tkazmoqchi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov o‘ynaydigan “Roma” muxlislari Daniele de Rossining ishdan bo‘shatilishi ortidan norozilik namoyishi o‘tkazmoqchi. Bu haqda “Football Italia” xabar berdi.

Bir necha kun oldin klub A Seriyaning 4-turidan so‘ng bosh murabbiyni iste’foga chiqarganini e’lon qildi, uning lavozimini xorvatiyalik Ivan Yurich egalladi. Etiborlisi, bir necha hafta avval de Rossining shartnomasi 2027 yilning iyunigacha uzaytirilgandi.

Ilgari “Torino” va “Jenoa” klublarini boshqargan Yurich qo‘l ostidagi ilk o‘yin 22 sentyabr kuni “Olimpiko” stadionida A Seriya yetakchisi “Udineze”ga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Qayd etilishicha, “Roma” muxlislari yangi murabbiyning debyutini boykot qilishga qaror qilgan. Jamoa ashaddiy ishqibozlarining tribunasi kamida o‘yinning birinchi yarim soati, shuningdek, o‘yindan oldingi chigal yozdi mashg‘uloti va klub madhiyasi yangrayotgan vaqtda bo‘sh bo‘ladi.

O‘z bayonotida rimliklar muxlislari boshqa tarmoqlardagi muxlislarni ham ularga qo‘shilishga chaqirdi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda rimliklar A Seriyaning 4 ta o‘yinida birorta ham g‘alaba qozona olmagan, jamoa 3 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 16-o‘rinda bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Roma Eldor Shomurodov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made