Shomurodov transferi uchun poygaga yana bir klub qo‘shildi
Sport
−
17 avgust
26639O‘zbekiston terma jamoasi va “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini Italiyaning boshqa bir klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda futbolchi to‘p surayotgan ayni paytdagi klub rahbariyati ma’lum qildi.
Shomurodov o‘tgan mavsumda “Kalyari”da ijara asosida o‘ynagandi. Biroq sardiniyaliklar transfer huquqi “Roma”ga tegishli bo‘lgan futbolchini sotib olmadi. Endi futbolchiga qiziqish bildirayotgan klublar poygasiga “Sampdoriya” ham qo‘shildi. Hozircha shartnoma tafsilotlari ma’lum emas.
Shomurodov Italiya B cyeriyasidagi “Sampdoriya” tarkibiga qo‘shilsa, o‘tmishda ajoyib futbolchi bo‘lgan Andrea Pirlo qo‘l ostida shug‘ullanish imkoniga ega bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, 29 yoshli Eldor Shomurodov o‘tgan mavsumni Sardiniyaning “Kalyari” jamoasida o‘tkazib, A seriyada 22 ta o‘yinda 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eldor Shomurodov faoliyatini AQSHning Major League Soccer ligasida davom ettirishi mumkinligi xabar qilingandi. Jurnalist Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, “Atlanta Yunayted” Shomurodov borasida “Roma”ga taklif bilan chiqqan.
LiveBarchasi