Shomurodov salkam 4 oy deganda “Roma” safida yana gol urdi (video)
Sport
−
19 dekabr
8321Kecha, 18 dekabr kuni futbol bo‘yicha Italiya kubogining 1/8 final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi va Rimning “Roma” klubi o‘z uyida “Sampdoriya”ni qabul qilib, 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Ahamiyatlisi, bahsning 78-daqiqasida o‘zbekistonlik hujumchin Eldor Shomurodov maydonga tushdi. 29 yoshli futbolchi maydonga tushganidan bir daqiqa o‘tib, boshi bilan raqib darvozasini ishg‘ol qildi va jamoasining yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi.
Shunday qilib, Shomurodov o‘zining “Roma”dagi to‘rt oylik golsiz seriyasiga nuqta qo‘ydi. Oxirgi marta hujumchi avgust oyida Italiya chempionati doirasida “Empoli” darvozasini ishg‘ol qilgandi.
Italiya kubogi 1/8 finali doirasida o‘tkazilgan yana bir o‘yinda A Seriya peshqadami “Atalanta” “Chezena”ni 6:1 hisobida taslim etdi.
LiveBarchasi