Shomurodov assist amalga oshirgan o‘yinda “Roma” keyingi bosqichga yo‘l oldi
Sport
−
21 fevral 2025 4930 2 daqiqa
Bugun, 21 fevralga o‘tar kechasi Yevropa ligasi pley-off javob o‘yinidan o‘rin olgan bahsda “Roma” o‘z uyida “Portu”ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi.
Rimning “Olimpiko” stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda “Roma” Portugaliyaning “Portu”sini 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va keyingi bosqichga yo‘l oldi. Ushbu uchrashuvda rimliklar safida o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov asosiy tarkibda o‘yinni boshladi va 35-daqiqada jamoadagi Paulo Dibalaning goliga assist amalga oshirdi. Shuningdek, mazkur o‘yinda argentinalik futbolchi Dibala o‘z nomiga dublni rasmiylashtirdi. Rimliklardan 3-golga Pizilli mualliflik qildi. “Portu”dan Samu Agenova gol urgan bo‘lsa, “Roma” futbolchisi Rensh o‘z darvozasini ishg‘ol qildi.
Mazkur o‘yindan keyin futbolchilarga qo‘yilgan ballar ma’lum bo‘ldi va unga ko‘ra, assist amalga oshirgan va 78 daqiqa maydonda harakat qilgan Eldor Shomurodov 7.1 ballga loyiq ko‘rildi. Ikkita gol urgan Dibala 8.9 ball oldi va o‘yinning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. O‘yinda eng past bahoni “Portu” futbolchisi oldi va u 5.6 ballga loyiq ko‘rildi.

Shu tariqa, “Roma” Yevropa ligasi 1/16 final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Endilikda ular qur’a natijasiga ko‘ra, “Latsio” yoki “Atletik Bilbao”ga qarshi maydonga tushadi.
Live
Barchasi