Shomurodov AQSH klubidan taklif oldi – “L’Equipe”

Sport

image

Italiyaning “Roma” klubi hujumchisi, O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Eldor Shomurodov AQSHning Major League Soccer (MLS) chempionatida ishtirok etuvchi klubdan taklif oldi. Bu haqda Fransiyaning “L’Equipe” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Roma” 29 yoshli futbolchisi bilan amaldagi shartnoma 2026 yilning yozigacha amal qilishiga qaramay, u bilan xayrlashishga tayyor. Biroq Shomurodov uchun taklif bilan chiqqan klub nomi oshkor etilmagan.

Qayd etish joiz, o‘tgan yili o‘zbekistonlik hujumchiga AQSHning “Atlanta” va yana bir Kanada klubidan qiziqish bo‘lgan edi. Biroq hujjatlar bilan bog‘liq muammolar tufayli transfer amalga oshmagan.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Shomurodov barcha turnirlarda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. “Transfermarkt” portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 4 million yevroga teng.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Roma” jamoaning boshqa bir hujumchisi – ukrainalik Artyom Dovbikni transferga qo‘ygani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Roma Eldor Shomurodov Major League Soccer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing