Shomurodov A Seriyaga qaytgan jamoaga o‘tishga yaqin

Sport

image

O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov Italiyaning “Spetsiya” klubidagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng, yana bir klubga ijara asosida o‘tishi mumkin. Bu haqda “Romapress” xabar berdi

Manbaga ko‘ra, A Seriyaga qaytgan “Kalyari” klubi ushbu transfer oynasida o‘zbekistonlik hujumchini qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogar. Shomurodov “Roma”ning sobiq bosh murabbiyi Klaudio Raneri boshchiligidagi jamoaga mavsum oxirida sotib olish opsiyasi bilan ijaraga berilishi mumkin.

Shuningdek, “Kalyari”dan tashqari o‘zbekistonlik hujumchiga Italiyaning “Lechche” va Ispaniyaning “Jirona” jamoalari ham qiziqish bildirmoqda. 

Ma’lumot uchun, Shomurodov ortda qolgan mavsumning aksariyat qismini “Spetsiya”da ijara asosida o‘tkazdi. Uning transfer huquqlari Rimning “Roma” klubiga tegishli. O‘tgan mavsum futbolchi klub miqyosida umumiy 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va xuddi shuncha golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Roma Eldor Shomurodov A Seriya Kal'yari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing