Shols va Makron Parijda uchrashdi. Ukrainaga qanday yordam ko‘rsatiladi?

Olam

image

Kecha, 22 yanvar kuni Germaniya kansleri Olaf Shols va Fransiya Prezidenti Emmanuyel Makron boshchiligidagi 300 ga yaqin yuqori darajadagi hukumat amaldorlari Parijda ikki mamlakat o‘rtasidagi 60 yillik hamkorlikka asos bo‘lgan tarixiy Yelisey shartnomasiga hurmat bajo keltirish uchun uchrashdi. 

Sorbonna universitetida nutq so‘zlagan kansler Shols Yevropaning kelajagi Parij va Berlinning “harakatlantiruvchi kuchi”ga bog‘liqligini aytdi.

“Nemis-fransuz motori kompromiss mashinasidir – yaxshi moylangan, biroq vaqti-vaqti bilan baland ovozda ishlaydi. U o‘z mashaqqatli mehnati bilan ajralib turadi”, deydi Germaniya kansleri.

Shuningdek, uchrashuvlarda “yangi energiya modelini yaratish”, “innovatsiyalar va ertangi kun texnologiyalari”ni rag‘batlantirish hamda Yevropa Ittifoqining “o‘ziga xos, mudofaa, koinot va diplomatiya sohasida geosiyosiy kuch” bo‘lishini ta’minlash zarurligi muhokama qilindi.

Kun tartibidan Ukrainaga harbiy yordam berish ham o‘rin olgan edi. Makronning aytishicha, uning mamlakati Fransiyada ishlab chiqarilgan “Leclerc” og‘ir tanklarini Ukrainaga yetkazib berishga qaror qilgan. Biroq Fransiya Prezidenti Rossiya qo‘shinlarini siqib chiqarish uchun Ukrainaga har qanday texnikani jo‘natish birgalikda hal qilinishi va ittifoqchilar, shu jumladan, Germaniya bilan kelishilishi kerakligini ta’kidladi.

Ta’kidlash joizki, yig‘ilish ikki hukumat o‘rtasida 2019 yildan buyon birinchi marta yuzma-yuz bo‘lib o‘tgan uchrashuv bo‘ldi. Qo‘shma muzokaralar dastlab oktyabr oyiga rejalashtirilgan edi, biroq tez fursatda keskinlashgan Franko-Germaniya munosabatlari sabab bekor qilingandi. Shundan so‘ng har ikki tomon yaqin hamkorlikni yaxshilash ustida ishlagan.

Ma’lumot uchun, Yelisey shartnomasi 1963 yil 22 yanvarda Fransiyaning o‘sha paytdagi prezidenti Sharl de Goll va G‘arbiy Germaniya kansleri Konrad Adenauer tomonidan imzolangan.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Makron Shol'ts

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing