Shols maslahatchisini Moliya vaziri etib tayinladi
Olam
−
07 noyabr
1846Germaniya Moliya vaziri lavozimini mamlakat federal kansleri Olaf Sholsning iqtisodiy va moliyaviy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Yorg Kukis egalladi. Bu haqda bugun, 7 noyabr kuni mamlakat hukumati vakili Shteffen Xebeshtrayt ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ayni vaqtgacha Kukis Federal kansler idorasida davlat kotibi sifatida ishlab kelayotgandi va u Sholsning eng muhim iqtisodiy maslahatchilaridan biri sanaladi. Uning vazifalaridan biri “katta yettilik” va “katta yigirmalik” davlatlari sammitlarida yakuniy hujjatlarning muvofiqlashtirilishini ta’minlash hisoblanadi.
Kukis Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerdan rasmiy tayinlov farmoyishini oldi va lavozimini rasman qabul qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shols Kristian Lindnerni byudjet muammolari yuzasidan keskin kelishmovchilik sabab Moliya vaziri lavozimidan ozod qilgan edi. Shols uni ishonchni bir necha bor buzganlikda ayblab, tor fikrlagani uchun tanqid qilgan.
LiveBarchasi