Jalol Qurbonov Moliya vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi
Olam
−
30 yanvar 6595 1 daqiqa
Bugun, 30 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Jalol Qurbonov Jabborovich O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Qurbonov yangi ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kanselyariyasi mudiri lavozimidan ozod etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan Otabek Rahmonov Turdimuhammadovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangandi.
Live
Barchasi