Germaniya Moliya vaziri kutilmaganda Kiyevga keldi

Olam

image

Germaniya Moliya vaziri Kristian Lindner siyosiy muzokaralar uchun e’lon qilinmagan tashrif bilan Kiyevga keldi. Bu haqda DPA agentligi xabar berdi.

Lindner Ukraina rahbariyati bilan Kiyevni Germaniya tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash masalasini muhokama qilish niyatida ekanini aytgan. 

“Biz federal moliya vazirligi Ukraina tomonini qanday qo‘llab-quvvatlashi mumkinligini alohida muhokama qilmoqchimiz”, degan vazir Lindner.

Bu Moliya vazirligi rahbari va Germaniya erkin demokratik partiyasi raisining Ukrainaga u yerda urush boshlanganidan beri birinchi tashrifidir. Undan oldin Kiyevga kansler Olaf Shols, Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok, Mudofaa vaziri Boris Pistorius kelgan.

Ma’lumot uchun, Germaniya 2022 yildan beri Ukrainaga taxminan 1,5 milliard yevro miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyaviy yordam ko‘rsatgan. Bundan tashqari, Federativ respublika va boshqa kreditorlar 2022 yil iyul oyida Ukrainaning qarz to‘lash muddatini cho‘zishini bildirgan. Shu yilning mart oyida Kiyev uchun qarz moratoriysi 2027 yilgacha uzaytirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Ukraina Moliya vaziri Kristian Lindner

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing