Shofirkonga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
04 mart 3424 1 daqiqa
Bugun, 4 mart kuni Mo‘min Omonov Buxoro viloyatining Shofirkon tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, xalq deputatlari Shofirkon tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan. Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tuman faollari ishtirok etgan.
Sessiyada viloyat hokimi Botir Zaripov nutq so‘zlagan va tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan. Mo‘min Olimovich Omonovni Shofirkon tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi viloyat hokimining qarori o‘qib eshittirilgan. Kun tartibidagi masala yuzasidan tuman Kengashi deputatlari va faollari o‘z fikr-mulohazalarini bildirgan. Mo‘min Omonov Shofirkon tumani hokimi etib tasdiqlangan.
Ma’lumot uchun, Mo‘min Omonov 1988 yilda Shofirkon tumanida tug‘ilgan. Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini tamomlagan. Ayni paytga qadar u Buxoro shahar hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Islombek Murodboyevich Sidiqov Taxiatosh tumani hokimi etib tayinlangandi.
Live
Barchasi