Shohjahon Jo‘rayevga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani ma’lum bo‘ldi
Madaniyat-san’at
−
10 may
58073Xonanda Shohjahon Jo‘rayevga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, qo‘shiqchi sobiq turmush o‘rtog‘ini haqorat qilgani yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 140-moddasi (Haqorat qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, hozirda fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudida xonanda Botir Qodirov tomonidan kiritilgan da’vo arizasiga ko‘ra O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayevning o‘g‘illari Shohjahon va Zohirshoh Jo‘rayevga qarshi otalikni belgilash bo‘yicha sud jarayonlari davom etmoqda.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr