Shohsanamxon Toshpo‘latova Paralimpiada bronza medalini qo‘lga kiritdi

Sport

−

image

Bugun, 30 avgust kuni Tokio Paralimpiadasining ayollar o‘rtasida para suzish bahslarida Shohsanamxon Toshpo‘latova bronza medaliga sazovor bo‘ldi. 

S13 klassida 200 metr masofaga individual kompleks usulida suzish yo‘nalishida Shohsanamxon Toshpo‘latova 2:27,92 daqiqa vaqt bilan 3-o‘rinni egalladi va bronza medali sohibi bo‘ldi. U, shuningdek, 100 metrga brass usulida suzish bo‘yicha bahslarda ham medallar uchun kurashadi. 

Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 15 taga yetdi: 5 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Toshpo‘latova 400 metrga erkin usulda suzish bo‘yicha finalda ishtirok etib, 4-o‘rindan joy olgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

127

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing