Shirin shahriga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
01 noyabr 2023
4666Niyoz Hazratqulov Sirdaryo viloyatining Shirin shahriga hokim etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi ma’lum qildi.
Bugun, 1 noyabr kuni Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev qatnashgan sessiya ishida tashkiliy masalalar ko‘rib chiqilgan.
Ayni kunga qadar “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki Guliston filiali boshqaruvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Niyoz Hazratqulov Namozboyevich shahar hokimi etib tasdiqlandi.
Avvalroq Shirin hokimi Sarvar Sultonov Mirzaobod tumani hokimi sifatida ish boshlagani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Shuningdek, oldinroq Anvar Karimov Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumaniga hokim etib tayinlangandi.
LiveBarchasi