YTH sabab Shirin shahri gazsiz qoldi
Jamiyat
−
24 noyabr 2020 5566 1 daqiqa
Sirdaryo viloyati Shirin shahri aholisi vaqtincha gazsiz qoldi. Bunga yo‘l-transport hodisasi sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Shirin shahar hokimligining ma’lum qilishicha, bugun, 24 noyabr kuni soat 03:00 atrofida Shirin shahar "Amir Temur" mahallasi "Ibn Sino" ko‘chasidan o‘tuvchi o‘rta bosimli gaz tarmog‘ida avariya holati yuzaga kelgan.

Shirin shahrida haydovchi boshqaruvini yo‘qotib, gaz quvuriga borib urilgan. Natijada, "Amir Temur" mahallasidan o‘tuvchi gaz tarmog‘ida avariya holati yuzaga kelib, butun shahar vaqtincha gazsiz qolgan.

Ta’kidlanishicha, shu vaqtning o‘zida shahar hokimligi hamda "Shirinshahargaz" gaz ta’minoti korxonasi xodimlarining sayi-harakatlari natijasida muammo joyida va o‘z vaqtida bartaraf etilgan.

Shu munosabat bilan, gaz ta’minoti butun shahar bo‘ylab, soat 3:00 dan 9:00 gacha o‘zib qo‘yilgan.

Live
BarchasiNetanyaxu Tramp bilan telefonlashdi
24 aprel
Nyu-Yorkda cherkov yonib ketdi
24 aprel