Shirin shahriga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 9 sentyabr kuni Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. unda tashkiliy masala ko‘rildi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi xabar berdi.

Yig‘ilish natijasiga ko‘ar, Abdug‘affor Tillaboyevich Xojimatov boshqa lavozimga tayinlangani munosabati bilan Shirin shahar hokimi vazifasidan ozod qilindi.

Shu kungacha “Yuksalish” umummilliy harakatining Sirdaryo viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari lavozimida ishlab kelgan Sultonov Sarvarbek To‘lqinbek o‘g‘li Shirin shahar hokimi etib tasdiqlandi.

Ma’lumot o‘rnida, Sarvarbek Sultonov 1989 yilning 19 iyulda Oqoltin tumanida tug‘ilgan. 2011 yilda Guliston davlat universiteti, 2013 yilda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti magistaturasini tamomlagan. “Do‘stlik” ordeni sohibi.

Mehnat faoliyati davomida turli yillarda O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati “Yetakchi” yoshlar o‘quv markazi Sirdaryo viloyati koordinatori, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Sirdaryo viloyat Kengashi Aholi bandligi va ijtimoiy siyosat masalalari bo‘limi mudiri, Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani xalq ta’limi muassasalar faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi uslubchisi, O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Oqoltin tumani Kengashi raisi, O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Sirdaryo viloyati Kengashi raisining o‘rinbosari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi raisining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Sarvarbek Sultonov Shirin shahri

Baholaganlar

216

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing