Shinjon-Uyg‘ur avtonom hududi mansabdori o‘limga hukm qilindi

Olam

image

Joriy yilning 9 iyul kuni Xitoyning Guansi-Chjuan avtonom rayonidagi Lyuchjou shahri xalq sudi ikkinchi instansiyasi Shinjon-Uyg‘ur avtonom hududi Xalq siyosiy maslahat kengashining sobiq rais o‘rinbosari Dou Vanguyni poraxo‘rlikda aybdor deb topdi. Bu haqda “Sinxua” xabar berdi.

Qayd etilishicha, sud unga ikki yilga kechiktirilgan o‘lim jazosini tayinlagan, umrbod siyosiy huquqlardan mahrum etilgan, shuningdek, uning barcha shaxsiy mulki musodara qilinishi belgilangan.

Ma’lum bo‘lishicha, Dou Vanguy 2024 yil mart oyida tergovga tortilgan, oktyabr oyida hibsga olingan. Sud tergovi davomida aniqlanishicha, u 2003 yildan 2022 yilgacha, ya’ni 19 yil davomida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan va o‘z xizmat mavqeidan foydalangan. Vanguy pudrat shartnomalari, foydali qazilmalarni qazib olish, korporativ xo‘jalik faoliyati va lavozim bo‘yicha ko‘tarilish sohalarida manfaatdor tashkilotlar va shaxslarga noqonuniy ko‘mak ko‘rsatgan.

Rasmiy hisob-kitoblarga ko‘ra, Dou Vanguyning noqonuniy yo‘l bilan qo‘lga kiritgan daromadi 229 million yuanni (qariyb 32 million AQSH dollari) tashkil qiladi.

Ma’lumot uchun, Xitoyda poraxo‘rlik uchun o‘lim jazosini ikki yilga kechiktirish bilan chiqarilishi odatiy hol. Bunday hollarda, agar ikki yil o‘tganidan so‘ng, sudlanuvchi yaxshi xulq ko‘rsatsa, o‘lim jazosi umrbod qamoqqa almashtiriladi, lekin yengillik berilmaydi va muddatidan ilgari ozod etilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Xitoy sudida noqonuniy tarzda 15 million dollardan ortiq mablag‘ olgan mansabdor shaxs o‘lim jazosiga hukm qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

o'lim jazosi poraxo'rlik Shinjon-Uyg'ur

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing